Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan Spark mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida mashinaning motor qismi yonib zararlangan.
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 2022 yil 7 fevral kuni soat taxminan 13:20larda Kitob tumani Yangiobod ko‘chasida harakatlanib borayotgan Spark mashinasi yonayotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 13:27da bitta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, 13:29da yong‘in qurshab olingan va 13:35larda bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Faqat mashinaning motor qismi yonib zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 7 fevral kuni Chiroqchi tumanidagi siqilgan gaz quyish shoxobchasida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgandi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025