Fan-texnika | 21:59 / 09.02.2022
125799
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung yangi Galaxy Tab S8 planshetlarini taqdim etdi

Planshetlarning tezkor xotirasi 8, 12 yoki 16 Gb, doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gbni tashkil etadi.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi Galaxy Tab S8 planshetlari turkumini taqdim etdi.

Turkumdan uchta —Galaxy Tab S8, Galaxy Tab S8+ va Galaxy Tab S8 Ultra planshetlari joy oldi.

Planshetlarga Snapdragon 8 Gen 1 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 8, 12 yoki 16 Gb, doimiy xotirasi 128, 256 yoki 512 Gbni tashkil etadi. Barcha planshetlarning old kamerasi 12 Mp, asosiy kamerasi esa 13 va 6 Mpga teng.

Galaxy Tab S8 11 dyuymli LTPS-displeyga, qolgan ikki qurilma esa 12,4 va 14,6 dyuymli Super AMOLED ekranga ega. Planshetlar 45 Vtli quvvatlagich bilan jihozlangan, akkumulyatorlari sig‘imi modeliga qarab 8000 mA•s, 10 090 mA•s va 11 200 mA•sga teng.

Qurilmalarga S Pen stiluslari qo‘shimcha qilingan.

Yangi planshetlar sotuvi mart oyida boshlanadi.

Mavzuga oid