Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma ulgurji tarqatish markazlari tarmog‘ini tashkil qiladi
Joriy yil 11 fevral kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Qozog‘iston bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda bo‘lgan Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari - savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov bilan uchrashdi.
Tomonlar keyingi 10 yil ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish va monitoringini amalga oshirish maqsadida ekspertlardan iborat ishchi guruhlarning hamkorligini faollashtirishga kelishdi.
Ikki mamlakat hududida qo‘shma ulgurji tarqatish markazlari tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni hayotga joriy etish borasida navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi. Mazkur tashabbusning ro‘yobga chiqishi O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi rivojiga qo‘shimcha turtki berishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik doirasida yuzaga keladigan barcha masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun yaqin munosabatlarni davom ettirish va faol hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025