Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi
Harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 16 fevral kuni soat 10:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 228-kilometrida haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan D.I. DAF rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025