Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi chiqindi konteyneriga beton qorishma to‘kib ketishdi
Samarqand shahri ko‘chalaridan biriga o‘rnatilgan chiqindi konteyneriga noma’lum kimsalar beton qorishmasini to‘kib ketgan

Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida chiqindi olib chiqishga mas’ul bo‘lgan Maroqand Obod davlat unitar korxonasining xabar berishicha, shaharning Pochta ko‘chasida joylashgan chiqindi konteyneriga noma’lum shaxslar beton qorishmasini to‘kib ketishgan.
«Chiqindi konteynerlari faqat maishiy chiqindilar uchun! Samarqand shahar Pochta ko‘chasida joylashgan konteyner ichiga qurilish qorishmasi (suyuq beton) tashlangan. Shu beton qorishmasidan Maroqand Obodga zarar yetkazmasdan, maqsadli foydalansa bo‘lardi. Masalan, piyodalar yo‘lagini tekislash uchun», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025