Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
Toshkent shahrida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Foto: IIBB axborot xizmati
2022 yil 22 fevral kuni soat taxminan 07:30 larda 1988 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi “Howo” rusumli yuk mashinasi Yunusobod tumani THAY ko‘chasidan Uch qahramon aylanma harakati tomoniga harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, shu vaqtda Sabzavot mahallasi qarshisida haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada, haydovchi tan-jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025