Jahon | 10:29 / 26.02.2022
57152
5 daqiqa o‘qiladi
Urushning ikkinchi kuni oqibatlari. Suratlar
24 fevralga o‘tar kechasi Vladimir Putin «Donbass aholisini himoya qilish» maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boshladi va rossiyalik harbiylar Ukraina hududiga bostirib kirishdi. Ikki kunlik janglardan keyin rossiyaliklar armiyasi bir necha yo‘nalishlarda ilgarilab, Kiyevga yaqinlashdi. Shaharda mudofaaga ko‘mak berishga tayyor bo‘lgan ko‘ngillilarga qurol tarqatishmoqda. Harbiy harakatlarning uchinchi kuniga kelib Ukrainani tark etishga majbur bo‘lganlar soni 100 mingdan oshgan. Quyidagi materialda urushning ikkinchi kunida olingan suratlar jamlandi.
So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar
- Kiyevda jang ketmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy mudofaaga rahbarlik qilmoqda. Rasmiylar o‘tgan tunda 60 nafardan ortiq diversant yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
- Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida rus harbiylarining Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi, Xitoy qo‘shilmadi.
- YeI Rossiya rahbariyatining 98 vakiliga sanksiya qo‘llagan. Ular orasida — Vladimir Putin, Mixail Mishustin, Sergey Lavrov, Dmitriy Medvedev, Vladimir Kolokolsev bor. Shuningdek banklar, aviaqurilish va kosmik sektordagi kompaniyalar sanksiyalar ostida.
- AQSh Putin, Lavrov, Shoygu va RF Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi.
- Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi Kiyevs oblastida rossiyalik desantchilar bo‘lgan Il-76 samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi.
- Anonymous hakerlar guruhi RF mudofaa vazirligi ma’lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
- Rossiyada urushga qarshi o‘tkazilayotgan aksiyalar davomida 25 fevral kuni yana 500dan ortiq kishi qo‘lga olindi. Bir kun oldin bundaylar soni mingdan oshiq bo‘lgandi.
- Rossiya mudofaa vazirligi birorta yo‘qotishini tan olmayotganiga qaramay juda ko‘plab rus askarlari jang maydonida halok bo‘lmoqda va yaralanib asirga tushmoqda.
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024