Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziya hukumatidan o‘zini Kiyevga yuborishlarini so‘radi
"Meni u yerda kutishyapti va men bugun o‘sha yerda o‘z hukumatim bilan bo‘lishim kerak", - dedi Saakashvili.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili sudda Ukraina fuqarosi ekanligi va Gruziya hukumati unga Kiyevga ketish imkoniyatini berishi kerakligini aytdi.
"Men Ukraina milliy islohotlar qo‘mitasi raisi hisoblanaman. Mening kabinetim prezident Zelenskiy kabineti bilan yonma-yon joylashgan. Meni u yerda kutishyapti va men bugun o‘sha yerda o‘z hukumatim bilan bo‘lishim kerak", - dedi Saakashvili.
"Mard bo‘ling va Sakashvilini Ukrainaga yuborish kerakligini aytayotgan Yevropa mamlakatlari prezidentlariga quloq soling. Bu ish uchun, Gruziyaning kelajakdagi nufuzi uchun yaxshi bo‘ladi", - dedi sobiq prezident.
Xabar qilinishicha, Saakashvili sud majlisi davomida ikki marta o‘zini yomon his qilgan. U o‘n kun avval ochlik e’lon qilgandi.
Saakashvili Gruziyaga 2021 yil 29 sentyabrda kelgandi. U 1 oktyabr kuni qo‘lga olingan va Rustavi shahridagi qamoqxonaga jo‘natilgan.
Saakashvili qamoqqa olinganidan so‘ng ochlik e’lon qilgan, 8 noyabrda Tbilisidagi qamoqxona shifoxonasiga yotqizilgandi. U 20 noyabr kuni Gori shahridagi harbiy hospitalga ko‘chirilganidan so‘ng ochlikni to‘xtatgandi.
Siyosatchi bir nechta jinoyat ishlarida ayblanmoqda. Saakashvili hibsga olinishini noqonuniy, ayblovlarni esa soxtalashtirilgan deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
21:03 / 25.11.2024