Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bank filiali xodimlari fuqaro bilan til biriktirib 1,1 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi
Qarshi tumanida bank filiali xodimlari fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib kredit mablag‘larini o‘zlashtirishgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyati filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, fuqaro B.S. filialning amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, fuqaro N.E. nomiga “U.C.” MChJni tashkil etib, unga 1,9 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, shundan 1,1 mlrd so‘mini turli sub’yektlarga mahsulotlar sotib olish uchun o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
09:14 / 05.04.2025