O‘zbekiston | 14:53 / 04.03.2022
5119
2 daqiqa o‘qiladi

Air Manas Toshkentga parvozlarni qayta tikladi

Foto: Uzbekistan Airports

Qirg‘izistonning Air Manas aviakompaniyasi bugun uzoq tanaffusdan so‘ng Bishkek – Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

4 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da Air Manas aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Oradan bir soat o‘tib, soat 11:15 da samolyot bortida 144 nafar yo‘lovchi bilan Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi.

Mart oyi davomida parvozlar dushanba va juma kunlari charter asosida amalga oshiriladi. Yozgi jadvalga o‘tish munosabati bilan Air Manas aviakompaniyasi Bishkek –Toshkent – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarga o‘tishga umid qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, aviatashuvchi O‘zbekistonga deyarli ikki yil davomida parvoz qilmagan – parvozlar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid