Qozog‘istonga avtobus qatnovi tiklanmoqda, Rossiya bo‘yicha muzokaralar davom etyapti
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanadi.

2022 yil 16 martdan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
2022 yil 16 martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil 16 mart kuni to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev

16:51 / 11.04.2025