Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Navro‘z bayrami arafasida Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yil 19–26 mart kunlari Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari 2022 yil 21-23 mart va 2022 yil 1-2 sentabr kunlarida quyidagi tarif qismidan kiritilgan bayram chegirmalar mavjud:
– Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50 foiz;
– Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10 foiz.
«Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
23:09 / 23.05.2025