O‘zbekiston | 15:22 / 15.03.2022
11567
2 daqiqa o‘qiladi

“Amirsoy”ga olib boruvchi yo‘lda tuproq ko‘chdi

Foto: Foto: Toshkent viloyati FVB

Me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi oqibatida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lib, yo‘l qatnov qismida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.

Toshkent viloyati FVB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 mart kuni soat taxminan 04:00 - 05:00 lar oralig‘ida Bo‘stonliq tumanida joylashgan Tyan-Shan tog‘-tizmasi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘lining 34-piketida kuchli yomg‘ir yog‘ib, yerning loy holatiga kelishi oqibatida ko‘chish hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan hududda aholi yashash punkti, dam olish va boshqa obektlar joylashmagan va ko‘chki oqibatida hech kimga moddiy zarar yetmagan.

Hozirda xodisa oqibatlari tuman hokimligi, FVB, YHXB hamda tuman “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalaridan foydalangan holda bartaraf etilmoqda.

 

Mavzuga oid