Jahon | 21:22 / 16.03.2022
20805
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila Yaponiyaning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida sezilgan.

Foto: AP

Yaponiyaning Fukusima prefekturasi atrofida magnitudasi 7,3 ballga teng zilzila qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 63,1 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer silkinishi Yaponiyaning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida sezilgan.

Foto: JMA

Mamlakatda sunami xavfi e’lon qilingan. 

Hozircha qurbonlar va vayrongarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Yaponiyada 2011 yil 11 mart kuni magnitudasi 9,1 ballga teng zilzila sodir bo‘lgandi. O‘shanda zilzila va u keltirib chiqargan sunami oqibatida 15,8 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, yuz minglab uylar vayron bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid