Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston birinchi texnik davlatlararo avtobus qatnovini amalga oshirdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklash jarayoni boshlandi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, kecha Olmaota – Toshkent yo‘nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi. Qozog‘istonning Olmaota shahridan yo‘lga chiqqan avtobus soat 14:00 da “Toshkent” avtovokzaliga yetib keldi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik tashuvchilar tomonidan Toshkent – Olmaota yo‘nalishda dastlabki texnik qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Texnik qatnovlar natijasidan kelib chiqib, ommaviy chiptalarni sotish kuni va yo‘lkira tariflari qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Dastlabki, bosqichda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan oldin Qozog‘istonga avtobus qatnovi tiklanayotgani, Rossiya bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
21:28 / 22.05.2025