Jahon | 20:52 / 20.03.2022
9773
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya badavlat rossiyaliklarning 850 million yevrolik aktivlarini muzlatdi

Fransiya hukumati joriy etilgan sanksiyalar tufayli badavlat rossiyaliklarning qariyb 850 million yevrolik mulklari yoki aktivlarini bloklagan. Bu haqda TF1 telekanali xabar qildi.

Bu miqdorning 150 million yevrosini muzlatilgan bank hisoblari, yana 539 million yevroni o‘nlab ko‘chmas mulklar, 150 million yevroni esa — ikki yaxta tashkil etadi. Fransiya moliya vaziri Bruno Le Merning xabar qilishicha, bu mablag‘lar va obektlar formal jihatdan xatlangan hisoblanmaydi, ammo ularning egalari vaqtincha bu vositalarga egalik qila olmaydi.

Le Merning xabar qilishicha, Yevroittifoq sanksiyalari doirasida Rossiya MBning muzlatilgan aktivlari miqdori 22 milliard yevroga baholanadi.

Bloomberg 19 mart kuni YeI mamlakatlari hukumatlari rossiyalik yirik tadbirkorlarning aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, bu tashabbus hali «boshlang‘ich bosqichi»da turibdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid