O‘zbekiston | 17:45 / 21.03.2022
9884
4 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqov AQShda Jahon banki prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston-AQSh hamkorligini yanada chuqurlashtirish borasida qator kelishuvlarga erishildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki kunlik tashrif davomida Jahon banki prezidenti Devid Malpass, bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Boshqaruvchi direktori Maxtar Diop, AQSh savdo vaziri Jina Raymondo, shuningdek, uning birinchi o‘rinbosari Don Greyvs, AQSh savdo vakili Ketrin Tay, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Skott Natan hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Olib borilgan muzokaralar doirasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surishni kuchaytirish, sanoat, energetika, infratuzilmaviy rivojlanish sohalari, bank-moliya sektori va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar va texnik yordam jalb qilishni nazarda tutgan holda, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘tarildi va har tomonlama ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston—AQSh tovar aylanmasini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish, investitsiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida AQSh ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Amerika kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritishga jalb qilish bo‘yicha birgalikda ish olib borish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamda o‘zaro biznes va savdo missiyalarini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni doirasidagi hamkorlik mexanizmlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsiyalar va texnologiyalar hamda moliyaviy-texnik yo‘nalishlarida O‘zbekiston—Amerika hamkorligini yanada chuqurlashtirish borasida qator kelishuvlarga erishilgan.

 

Olib borilgan muzokaralar doirasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surishni kuchaytirish, sanoat, energetika, infratuzilmaviy rivojlanish sohalari, bank-moliya sektori va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar va texnik yordam jalb qilishni nazarda tutgan holda, Jahon banki va XMK bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘tarildi va har tomonlama ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston - AQSh tovar aylanmasini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish, investitsiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida AQSh ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalarini joriy etish, Amerika kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritishga jalb qilish bo‘yicha birgalikda ish olib borish, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni doirasidagi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsiyalar va texnologiyalar hamda moliyaviy-texnik yo‘nalishlarida O‘zbekiston-Amerika hamkorligini yanada chuqurlashtirish borasida qator kelishuvlarga erishildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid