Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yangi sanitariya poligonlari quriladi
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va yangi poligonlar qurish» loyihasini amalga oshirish uchun qiymati 120 mln AQSh dollari bo‘lgan kredit shartnomasi imzolangan. Bu haqda Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida:
– zamonaviy talablar asosida 6 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar, To‘rtko‘l, Qorao‘zyak, Qo‘ng‘irot tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qo‘shko‘pir tumanlarida) yangi poligonlarni tashkil etish;
– 14 ta hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Chimboy, Taxtako‘pir tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor, Xiva, Xonqa, Yangiariq, Hazorasp tumanlarida) chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini qurish va ularni 28 ta maxsus texnika hamda 56 ta 60 m3 hajmdagi konteynerlar bilan ta’minlash;
– yangidan tashkil etilgan poligonlarda 6 ta chiqindilarni kompost qilish joylarini tashkil etish va 1 ta poligonda organik chiqindilardan biologik gaz olish hamda 6 ta chiqindilarni saralash, 2 ta tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi uskunalarini o‘rnatish;
– yangidan tashkil etilgan poligonlar uchun 6 ta kompaktor (zichlagich) va boshqa turdagi 24 ta maxsus texnikalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Sloveniyaning «CeCT» kompaniyasi tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) ishlab chiqilib, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Toshkent xalqaro investitsiya forumi»da O‘zbekiston hukumati hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025