Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga import kartoshka asosan Pokistondan olib kelinmoqda
Kartoshka importi qariyb 42 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.
Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 91,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 12,6 ming tonna;
- Eron – 5,2 ming tonna;
- Rossiya – 4,4 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 4,3 ming tonna;
- Afg‘oniston – 4 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston ikki oyda 164 ming tonna meva va sabzavotlarni xorijga sotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
08:43 / 03.04.2025