Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yuk poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 5ta vagon daryoga tushib ketdi
Poyezd soatiga 37 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
Sharqiy Qozog‘iston oblastidagi Oskemen – Kumistau temiryo‘l uchastkasida 18ta vagon relsdan chiqib ketdi. Beshta vagon Irtish daryosiga tushib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz "Qazaqstan temir joli" kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib.
"3 aprel kuni soat 12.04da Sharqiy Qozog‘iston oblastidagi Oskemen – Kumistau temiryo‘l uchastkasida yuk poyezdining 18ta vagoni relsdan chiqib ketdi. Poyezd soatiga 37 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. 5ta vagon daryoga tushib ketgan", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ruda yuklangan ikki vagon Rossiyaga tegishli bo‘lib, qolgan 16 vagonda "KazsinkTemirTrans" jamiyatiga qarashli yuk olib ketilayotgan bo‘lgan.
"Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tiklash ishlari olib borilmoqda. Ushbu holatning sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi", - deb ma’lum qilgan temiryo‘l kompaniyasi.
Transport politsiyasi departamenti mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025