Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida bir-biriga tutash bo‘lgan 4ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘inni bartaraf etish uchun 6ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5 aprel kuni soat 08:16da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Yangi Kamolon” MFY Yangiobod ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 4ta xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 6ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:23da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:52da qurshab olingan va soat 09:11da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonlarning taxminan 400 kv m maydonda tomi va shift qismi yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentdagi elektr podstansiyasida yirik yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025