Jahon | 14:54 / 23.04.2022
6398
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Ukrainaga boradi

Antoniu Guterrish tashrif doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ishtirokida ishchi yig‘ilishi o‘tkazishni rejalashtirgan, keyin esa Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Foto: Anadolu Agency

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 28 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Guterrish tashrif doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ishtirokida ishchi yig‘ilishi o‘tkazishni rejalashtirgan, keyin esa Ukraina rahbari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Bundan tashqari, Guterrish Ukraina xalqiga gumanitar yordamni ko‘paytirishni muhokama qilish uchun BMTning mintaqadagi tuzilmalari vakillari bilan uchrashadi.

Avvalroq Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun 26 aprel kuni Moskvaga borishi xabar qilingandi. 

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, u shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabulida bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid