Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning «mustaqil Qozog‘iston asoschisi» maqomi Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yiladi
Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini 2019 yil martda topshirgandi.
Qozog‘iston Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bilan shug‘ullanayotgan ishchi guruh mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga «mustaqil Qozog‘iston asoschisi» maqomi berilishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti — u mustaqil Qozog‘iston asoschisi, ya’ni bu maqom belgilab qo‘yiladi. Bu maqom katta ahamiyatga ega, chunki bu xizmatlar, bu fakt Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yiladi», — dedi ishchi guruh a’zosi Yermek Abdrasulov.
Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini 2019 yil martda topshirgandi.
2022 yil yanvardagi tartibsizliklardan so‘ng Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevni Xavfsizlik kengashiga umrbod raislik qilish huquqidan mahrum etgandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025