O‘zbekiston | 08:46 / 27.04.2022
12730
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kartoshka importini oshirdi

Kartoshka importi qariyb 70 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 10 ta davlatdan qiymati 38,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 223,8 ming tonna kartoshka import qilgan. 

Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 70 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 172,2 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 20,1 ming tonna;
  • Rossiya – 13,3 ming tonna; 
  • Qirg‘iziston – 7,5 ming tonna;
  • Eron – 5,4 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 4 ming tonna;
  • Belarus – 631,6 tonna;
  • Niderlandiya – 595 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga import kartoshka asosan Pokistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid