Jahon | 16:00 / 28.04.2022
7991
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya parlamenti Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berilishini ma’qulladi

Bundestag qarorida ta’kidlanishicha, Ukrainaga og‘ir qurollarni yetkazib berish Germaniya mudofaa salohiyatiga putur yetkazmasligi lozim. 

Foto: DPA

Germaniya bundestagi deputatlarning Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berish to‘g‘risidagi taklifini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi

Parlament qarorida bundestag Germaniya hukumatini "Ukrainaga zarur texnikani yetkazib berishni davom ettirish va imkon boricha tezlashtirish hamda og‘ir va murakkab tizimli qurollar yetkazishni kengaytirish"ga chaqirgan. 

Shu bilan birga, hujjatda ta’kidlanishicha, bu texnikalarni Ukrainaga yetkazib berish Germaniya mudofaa salohiyatiga putur yetkazmasligi lozim.  

"Germaniya bundestagi Rossiyaning Ukrainaga qarshi shafqatsiz urushini keskin qoralaydi. Rossiya o‘z harakatlari bilan xalqaro va gumanitar huquqni qo‘pol tarzda buzdi va Yevropadagi tartibni butkul izdan chiqarishga urinmoqda", - deyiladi bundestag qabul qilgan hujjatda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid