Jahon | 10:48 / 30.04.2022
18922
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiylari ukrainaliklarni Germaniyada tayyorlashni boshladi

Germaniyada ukrainalik harbiylar Kiyev tomonidan harbiy yordam sifatida olingan Amerika jihozlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi, deb xabar berdi AQSh Mudofaa vazirligi.

Foto: DW

Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi 29 aprel, juma kuni amerikalik instruktorlar Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini mamlakatni Rossiya bilan nizoda himoya qilish uchun harbiy yordam sifatida olingan asosiy tizimlardan foydalanishga o‘rgatishni boshladi.

Pentagon saytida keltirilishicha, ushbu mashg‘ulotlar «Ukraina harbiylari ilgari boshqa joylarda o‘tkazilgan asosiy artilleriya mashg‘ulotlariga asoslanadi, shuningdek, yaqinda e’lon qilinganidek, Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam paketlarining bir qismiga aylanadigan radar tizimlari va zirhli transport vositalarini boshqarish bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi».

Tadbirlar AQShning Yevropa va Afrikadagi (USAREUR-AF) armiyalari qo‘mondonligi hamda Germaniya tomonidan birgalikda muvofiqlashtiriladi. Amerikaliklarning maqsadi - trening «foydali va konstruktiv, ammo og‘ir bo‘lmasligi», sababi ukrainaliklarning o‘z mamlakatidagi urush tufayli uzoq muddatli mashg‘ulotlarga vaqti yo‘q. 

«Ular artilleriya bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan tajribaga ega, endi esa Amerika tizimining xususiyatlarini o‘rganishlari kerak», — dedi Kirbi. Gap M-777 gaubitsalari haqida boryapti. 

Avvalroq Foreign Policy jurnali AQSh Ukrainaga yetkazib berilishi rejalashtirilgan 700 ta Switchblade dronidan 100 tasini jo‘natgani, shuningdek, Ukrainaga topshirish uchun mo‘ljallangan 90 ta gaubitsaning 60 foizdan ortig‘ini yetkazib bergani haqida xabar bergan edi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid