Jahon | 10:46 / 04.05.2022
35583
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva oblastida yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Moskva oblastida yuz bergan yong‘in oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

2022 yil 3 may kuni Moskva oblastining Mitishchi shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani natijasida kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat nazoratga olingan. Vafot etgan o‘zbekistonliklar Rossiyada rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgani aytiladi.

Xabarda aytilishicha, ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid