Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yuborilishini ma’qulladi
Oq uyning Ukrainaga harbiy yordami deyarli tugadi va qo‘shimcha 33 milliard dollar uchun Kongress roziligi olinishi kerak.
AQSh prezidenti Jo Bayden 6 may, juma kuni Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi. Reuters xabariga ko‘ra, Oq uy tomonidan tasdiqlangan qurol-yarog‘lar yangi paketi 150 million dollarni tashkil qiladi. U artilleriya o‘q-dorilari, radarlar va boshqa jihozlarni o‘z ichiga oladi.
«Bugungi e’lon bilan mening ma’muriyatim Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha yordam jo‘natish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni deyarli tugatdi», deyiladi Baydenning bayonotida. Bugungi e’londan oldin Oq uy 250 million dollar qolgani haqida xabar bergan edi. Amerika prezidenti yana Kongressni Ukrainaga yordamni 3 milliard dollardan 33 milliard dollarga oshirishni ma’qullashga chaqirdi. Qo‘shma Shtatlar Kiyevga qo‘shimcha artilleriya, zirhli texnika, tankka qarshi va zenit tizimlar, shuningdek, insonparvarlik yordami jo‘natishni rejalashtirmoqda, deb qayd etadi CNN.
Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boshlanganidan beri AQSh Kiyevga 3,4 milliard dollarlik qurol-yarog‘, jumladan gaubitsalar, Stinger zenit tizimlari, tankka qarshi Javelin raketalari, o‘q-dorilar va Ghost dronlarini topshirdi. Bugun tasdiqlangan yangi harbiy yordam paketiga 25 ming dona 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, artilleriyaga qarshi radarlar, raqibga noto‘g‘ri ma’lumot berish uskunalari, dala jihozlari va ehtiyot qismlar kiradi, deya xabar berdi Reuters o‘z manbasiga tayanib.
Aprel oyi oxirida, 28 aprel kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi ikkinchi jahon urushidan beri qo‘llanilmagan lend-liza dasturi bo‘yicha Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Bayden uni 9 may kuni imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Oq uy. Shundan so‘ng, AQSh byurokratik tartib-qoidalardan kechib, ikki yil ichida Kiyevga qurol va boshqa yordamlarni tezroq yetkazib bera oladi.
«Moliyaviy yordam ko‘lami sezilarli darajada oshdi, bu uzoq muddatli va muhim qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun asos yaratilganligini anglatadi, bunda qisqa muddatli yechimlardan ko‘ra ko‘proq uzoq muddatli ssenariylar ko‘rinib turibdi», - deya qonun loyihasiga izoh berdi Bundesverning iste’fodagi polkovnigi, «Fan va siyosat» jamg‘armasi harbiy eksperti Volfgang Rixter.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025