Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyada mahbuslar kitob o‘qish orqali qamoq muddatini kamaytirish imkoniga ega bo‘ldi
Hozir 865 nafar mahbus yozish va o‘qish ko‘nikmasini yaxshilash ustida ishlamoqda. Ular orasida endi o‘qish va yozishni o‘rganayotganlar ham bor. Boliviyada qamoqxonalar sharoiti yaxshi emasligi sabab mahkumlar uchun o‘qish orqali muddatni kamaytirish – yaxshi imkoniyat.
Boliviyaning mahbuslar ko‘p qamoqxonalarida kitob o‘qish orqali qamoq muddatini bir necha hafta va kunlarga qisqartirishga imkon beradigan «Panjara ortidagi kitoblar» dasturi ishga tushirildi. Dastur savodxonlikni oshirish va mahbuslarga umid berish maqsadida boshlandi. Boliviyada o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi yo‘q, lekin sud tizimi sust ishlashi sababli ko‘p vaqt qamoqda qolib ketish mumkin.
Ayni paytda dastur ta’lim uchun resurslari bo‘lmagan, ijtimoiy yordam dasturlari bilan integratsiya qilinmagan 47ta qamoqxonada amal qilyapti. Hozirgacha 865 nafar mahkum yozish va o‘qish mahoratini yaxshilash ustida ishlamoqda. Ular orasida hali endigina savod chiqarayotganlari ham bor.
Human Righs Watch Boliviya qamoqxonalarida mahbuslar haddan tashqari ko‘p va sanitariya holati talab darajasidamas. Mahkumlar tibbiy xizmat yomonligi sabab namoyishlar ham uyushtirishgan. Bu holatda mahkumlar uchun o‘qishni o‘rganish orqali jazo muddatini kamaytirish qamoqxona devorlaridan qochish kabi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025