O‘zbekiston | 09:50 / 19.05.2022
8710
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda beshta uy yonib ketdi

Samarqand tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda beshta xonadonda 490 metr kvadrat tom, shift va uy jihozlari yonib ketgan.

Foto: Samarqand viloyati FVB

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 19 may kuni soat 03:51 da Samarqand tumani “Joyisoy” MFY Birdamlik ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng yong‘inni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va Kamaz yordamchi mashinasi jalb etilgan. Ular voqea joyiga soat 04:06 da yetib borgan va soat 05:38 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 5 ta xonadonning taxminan 490 metr kvadrat maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va tan jarohati olmagan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid