O‘zbekiston | 07:34 / 27.05.2022
5825
2 daqiqa o‘qiladi
Investitsiyalar vazirligiga yangi vakolatlar beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jumladan:
- erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi;
- sanoat zonalari bo‘yicha ma’muriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi;
- sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qo‘llash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi;
- sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qo‘yiladi);
- investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi obektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.
Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.
Mavzuga oid

13:06 / 24.03.2025
Malayziya korporatsiyasi O‘zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

16:21 / 18.12.2023
Investitsiyalar vazirligining hududiy bo‘limlari tugatilib, funksiyalari SSPga o‘tkaziladi

19:28 / 26.05.2023