O‘zbekiston | 09:50 / 01.06.2022
15605
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘ini xorijga eksport qilish vaqtincha taqiqlandi

Prezidentning “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

“Nigoh” kanalida xabar berilishicha, 2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • bir qator tovarlarni (ilova) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
  • savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qo‘llanilmaydi.

Quyidagilarni 2022 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlanadi:

  • o‘simlik yog‘i, shu jumladan paxta, kungaboqar yog‘i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022 yil 1 iyunga qadar oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O‘zbekiston “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
  • kungaboqar urug‘lari (TIF TH kodi 1206 00) hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalari (TIF TH kodi 1207), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
  • Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:

  • Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar;
  • O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Mavzuga oid