Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etdi
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmatining “Matonat” sport majmuasida madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.
Chegara qo‘shinlari orkestri tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari ostida o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimidan so‘ng, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 14-sonli va Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda DXX xodimlarining farzandlaridan iborat 300 nafardan ortiq bolalar o‘rtasida sportning mini-futbol, badminton, suzish va quvnoq estafeta turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Bellashuvlarning respublika sport federatsiyalari hakamlari nazorati ostida o‘tkazilishi, bahslarda eng kuchlilar g‘olib chiqishini ta’minladi. Ijodkor bolalar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha ham tanlov tashkil etildi.
Musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga medal hamda esdalik sovg‘alari taniqli sportchilar tomonidan topshirildi.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025