Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Xorazmda yashash hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knori o‘stirayotgan shaxslar ushlandi
Oqdaryoda yashovchi shaxs 404 tup, Urganch tumanida yashovchi shaxs 547 tup ko‘knori o‘stirayotgani aniqlangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari DXX bilan hamkorlikda Oqdaryo tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri hovlisida 404 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Urganch tumanida yashovchi shaxs tomorqasi va bog‘ida 532 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini o‘stirayotgani aniqlangan.


Qayd etilishicha, joriy yil 5 oy davomida bojxonachilar 164 ta qonunbuzarlik holatida 547 kilogramm ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishgan.
Avvalroq, Juma shahridagi sement omborida 2 ming tupdan oshiq marixuana giyohvandlik o‘simligini o‘stirib kelayotgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025