Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 iyundan Dushanbe – Toshkent - Dushanbe yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
2022 yil 20 iyundan boshlab 301/302-sonli Dushanbe – Toshkent - Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlaydi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” xabariga ko‘ra, poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo‘nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43 da Toshkentga yetib keladi.
Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15 da jo‘nab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.
Ma’lumot uchun, Toshkentdan Dushanbegacha temiryo‘l orqali bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.
301/302-sonli Dushanbe – Toshkent — Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 platskarta va vagon-restorandan iborat.
Sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda chipta narxi 381 476 so‘mdan boshlanadi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025