Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Qozog‘istonning Jambil viloyati Jambil tumanida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
2022 yil 15 iyun kuni soat 06:45 da Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da Jambil viloyati Jambil tumanidan o‘tuvchi Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lining 545-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qozog‘istonning Qizil tan qishlog‘idan 7 kilometr uzoqlikda trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi yonishi oqibatida, avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgani natijasida soat 03:40 larda Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.
Holat yuzasidan Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025