O‘zbekistonga «inomarka»lar importi qariyb 2 baravarga oshdi
Yengil avtomobillar importi qariyb 2 baravarga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Reuters
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan.
Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.
2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan. 5 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 6426 ta;
- Koreya – 3491 ta;
- Qozog‘iston – 2368 ta;
- Rossiya – 927 ta;
- AQSh – 122 ta;
- BAA – 71 ta;
- Yaponiya – 50 ta;
- Germaniya – 37 ta.
Mavzuga oid

15:52 / 11.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

08:43 / 03.04.2025
2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani aytildi

15:09 / 11.03.2025