Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Volgogradga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahriga ham yo‘lovchi poyezdlarning qatnovi qo‘yilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 25 iyundan boshlab 324/323-sonli «Toshkent – Volgograd – Toshkent» yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdining qatnovi boshlanadi.
324/323-sonli «Toshkent – Volgograd – Toshkent» yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezd haftaning shanba kuni soat 23:58 da «Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va seshanba kuni soat 09:56 da Rossiyaning «Volgograd» temiryo‘l vokzaliga yetib boradi. Volgograddan esa seshanba kuni soat 19:59 da jo‘nab ketib, «Toshkent-Markaziy» vokzaliga juma kuni soat 06:54 da yetib keladi.
Ma’lumot uchun, Toshkentdan Volgogradgacha temiryo‘l orqali bo‘lgan bo‘lgan masofa 2996 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 60 soat davomida harakatlanadi. 324/323-sonli «Toshkent – Volgograd – Toshkent» yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezd 11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskarta va vagon-restoran.
Chipta narxi to‘g‘risidagi ma’lumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali bilib olish mumkin.
Bundan oldin «O‘zbekiston temir yo‘llari» Rossiya bilan tiklanayotgan poyezdlar harakati haqida rasman ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
15:16 / 01.05.2025
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
18:00 / 25.04.2025