Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshiga boradigan “Afrosiyob” poyezdlari bittaga ko‘paydi
8 iyuldan boshlab Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanishi rejalashtirilgan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining xabar berishicha, Toshkent-Qarshi yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Samarqand hamda Buxoroga boradigan elektropoyezdlarning harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.
Harakat jadvaliga ko‘ra:
- Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;
- Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.
“Shu bois 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Yangi jadval bo‘yicha:
- “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30da Toshkent Markaziy vokzalidan,
- “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15da Samarqand vokzalidan,
- “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Shu munosabat bilan 10 iyuldan boshlab haftaning har yakshanba kuni Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi to‘xtatiladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024