Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyati IIB YPX xodimini Qashqadaryoda mashina urib yubordi
Davlat raqamisiz harakatlanib kelayotgan haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanishda davom etib, uni urib yuborgan.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra 2022 yil 30 iyun kuni soat 10:50 larda Buxoro viloyati YPX inspektori IIV tasdiqlagan rejaga muvofiq, Qashqadaryo viloyatidagi maxsus reyd tadbiriga jalb qilingan.
Xodim Qarshi tumani “Navoiy” MFY hududida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda davlat raqami belgisi yechilgan holatda harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” mashinasiga to‘xtash ishorasini bergan.
Xabarda aytilishicha, haydovchi talabga bo‘ysunmasdan avtomashinasining old tomoni bilan inspektorni urib yuborgan. Oqibatda xodim tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Huquqbuzar ushlangan, u Qarshi tumani “Navoiy” MFYda yashovchi fuqaro ekani aytiladi. Holat Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
09:43 / 11.08.2024
Samarqandda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024