Jamiyat | 14:00 / 07.07.2022
1968
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘qotar qurol sotayotgan shaxs ushlandi

Fuqaro IJ-17 rusumli ov miltig‘ini 6 million so‘mga sotayotganida ushlangan.

Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2022 yil 6 iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan sudlangan, Paxtachi tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan A.S. 6 million so‘m evaziga o‘zining IJ-17 rusumli ov miltig‘ini noqonuniy ravishda sotayotganda ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid