Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zamon o‘zgardi» - To‘qayev neft uchun Rossiyani chetlab o‘tadigan tranzit tashkil etishga topshiriq berdi
Qozog‘iston Kaspiy dengizidan Yevropaga o‘tadigan neft tranziti tashkil etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshiriq berdi.
To‘qayev neftni sotish uchun Rossiyani chetlab o‘tadigan yangi yo‘nalishlar, xususan, dengizni kesib o‘tadigan yo‘nalish qurishga ko‘rsatma berdi. «Qozog‘iston hech qachon dengiz davlati bo‘lmagan, ammo hozir zamon boshqacha», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston Yevropaga neft yetkazib beradigan asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat nefti asosan Rossiya orqali o‘tadigan Kaspiy bo‘yi konsorsiumidan oqib Yevropa davlatlarigacha boradi. Ammo yaqinda Rossiya sudi ushbu o‘tkazgich faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.
Prezident To‘qayev Qozog‘iston transport-tranzit tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda qozoq neftini sotish uchun yangi yo‘nalishlarni tashkil qilish kerak ekanini aytdi.
«Transkaspiy marshruti biz uchun ustuvor vazifa bo‘ladi. «KazMunayGaz»ga ushbu marshrutni amalga oshirish bo‘yicha mos keluvchi taklif tayyorlashni buyuraman. Shuningdek, Tengiz loyihasiga investorlar jalb qilishni ham. Hukumat «Samruk-Kazina» bilan hamkorlikda Atirau – Kengqiyoq va Kengqiyoq – Qumko‘l neft o‘tkazgichlarining quvvatini oshirish ustida ishlashi kerak», dedi Qozog‘iston prezidenti.
Transkaspiy xalqaro transport marshruti neft va boshqa mahsulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy akvatoriyasi, Ozarboyjon, Gruziya, Turkiya va Yevropa davlatlaridan o‘tadi, Rossiyani esa chetlab o‘tadi.

To‘qayev dengiz orqali o‘tkazishni ham rivojlantirishga ko‘rsatma bergan. «Qozog‘iston hech qachon dengiz davlati bo‘lmagan va shu sabab dengiz orqali o‘tkazmalardan to‘liq foydalanmaganmiz. Endi zamon o‘zgardi. Hukumat oldiga portlarimizni transformatsiya qilish vazifasini qo‘yaman, ularni Kaspiydagi yetakchi habga aylantirishimiz kerak», degan u.
Rossiya orqali o‘tadigan koridor xavf ostida qoldi

5 iyul kuni Rossiyaning Primore tuman sudi Qozog‘istonning Kaspiybo‘yi quvurli o‘tkazgichi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Sabab sifatida «Rostransnadzor» tomonidan qayd etilgan qoida buzilishi keltirilgan. Qozog‘istonda qazib olinadigan neftning 80 foizi aynan mana shu o‘tkazgich orqali o‘tadi. O‘tkazgichning yillik neft o‘tkazish quvvati 67 million tonnani tashkil etadi.
O‘tkazgichning to‘xtatib qo‘yilishi dunyo bozoriga kuniga 1 million barrel neft kirmay qoladi degani. Bu esa dunyoda iste’mol qilinadigan «qora oltin»ning 1 foizi degani. Bu yo‘nalishning yopilishi rus neftiga bo‘lgan talabni biroz oshirishi aytilmoqda. Qozog‘iston tomoni sud qaroriga e’tiroz bildirib, bu qazib olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston neft o‘tkazgichining bloklanishi mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda Vladimir Putinning oldida «DXR» va «LXR»ni tan olmasligini aytgani bilan bog‘lamoqda. To‘qayev o‘sha forumda boshlovchi Margarita Simonyanning savollariga ham keskin va ochiq javob bergani bilan yodda qolgandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025