Jamiyat | 16:43 / 10.07.2022
20940
1 daqiqa o‘qiladi

«Bir yilda uch marta asal olinadi». Asalarichilikdan millionlar

Andijon viloyati, Jalaquduq tumani «Beshkaram» MFYda 625 ta xonadon bor. Shundan 181 tasi asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Ikki oila esa lider tadbirkorlar qatoriga qo‘shilgan.

Erta bahordan boshlangan asalarichilik kech kuzga qadar davom etadi. Bitta qutidan bir mavsum davomida o‘rtacha 25 kilogramm asal olinadi. Bundan tashqari, asalarilarning o‘zi Rossiyaga eksport qilinadi.

«Asalarichilikni birinchi o‘nta yashikdan boshlagan edim. Uch yil davomida 50 ta yashik qildim.

Ish erta bahorda, mart oyida boshlanadi. Kech kuz, noyabr oyigacha ish jarayoni davom etadi.

Asal yozning ikkinchi oyidan to sentabrgacha uch marta olinadi. Biz qadoqlaydigan firmalarga asal yetkazib beramiz. Erta bahorda ari ko‘paytirilib, Rossiyaga sotiladi. Undan ortganini asal mavsumiga tayyorlaymiz», – deydi Vohidjon Xolmirzayev.

Bir mavsumda asalarichilikdan o‘rtacha 30-40 million so‘m daromad olish mumkin. Ushbu mahalla ahli asalarichilik bilan ro‘zg‘or tebratib kelmoqda.

Abduvali Qurbonov Kun.uz muxbiri 

Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.

Абдували Қурбонов
Muallif Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid