Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi ikkita o‘tkazish punkti faoliyatini tikladi
Qozog‘istonda Koronavirus tarqalishining olish bo‘yicha idoralararo komissiya qarori bilan, mamlakatning O‘zbekiston va Rossiya bilan chegaralaridagi 12ta avtomobil o‘tkazish punkti faoliyatiga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 12 iyuldan boshlab, O‘zbekiston bilan chegaradagi “Tselinniy” va “Sirdaryo” avtomobil o‘tkazish punktlari (O‘zbekiston tarafidan – mos ravishda “Oq-oltin” va “Malik” postlari) faoliyati tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 iyulda Kun.uz eksport tovarlari ortilgan yuk avtomobillari O‘zbekistondan chiqishdagi tirbandliklar sabab uzoq vaqt yo‘qotayotgani haqida reportaj e’lon qilgan edi. Qo‘shimcha ikkita postning qayta ochilishi qolgan postlardagi tirbandlikni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025