Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi 6 oy ichida xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar sonini ochiqladi
2022 yilning 6 oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 7 ming 101 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, tashqi mehnat bozoridagi 427 ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 71 ming 169 ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.
O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 28 ming 590 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilganlarning:
- 3 ming 906 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
- 53 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
- 2 ming 687 nafari Janubiy Koreyaga;
- 31 nafari Germaniyaga;
- 410 nafar Serbiyaga;
- 14 nafari boshqa davlatlarga ishga yuborildi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025