Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrgacha kadastr hujjati yo‘q 2,6 mln xonadonning elektron bazasi shakllantiriladi
Prezident kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqishga topshiriq bergan.
1 oktyabrga qadar kadastr hujjatlari yo‘q 2,6 million xonadonning elektron bazasi shakllantiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov ma’lum qildi.
Joriy yilning 18 iyul kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2 million 600 mingta xonadonning kadastr hujjatlari mavjud emasligi ta’kidlandi. Kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi.
Qayd etilishicha, bu yangi tartib ishlab chiqilayotgan qonunda o‘z aksini topadi.
Ungacha ishchi guruh tomonidan:
- 1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
- uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlar to‘planadi va elektron bazaga kiritiladi.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025