Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari maymun chechagi tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 63 mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 9,2 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Foto: Reuters
JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus maymun chechagi kasalligi tarqalishini sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qator omillarni hisobga olib, «sog‘liqni saqlash sohasida xavotir uyg‘otuvchi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi».
Shifokorlar 16 mamlakatda qayd etilgan 528ta kasallik yuqtirish holatini o‘rganib chiqishgan. Ma’lum bo‘lishicha, kasallikning eng ko‘p tarqalgan simptomi badanga toshma toshib ketishidir.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 63 mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 9,2 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayanning bildirishicha, kasallik aksariyat hollarda jinsiy yo‘l orqali yuqmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025