Jahon | 15:05 / 24.07.2022
37419
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassning o‘qqa tutilayotgan shaharlari, Kiyevda karamzor o‘rtasida qolgan tank. Urush suratlari

Ukrainada urushning 151-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:

  • 23 iyul kuni Rossiya Odessa portiga qanotli raketalar uchirdi — bu ukrain g‘allasini Qora dengiz portlari orqali olib chiqish bo‘yicha kelishuv tuzilishidan bir kun o‘tmay sodir bo‘ldi.  BMT, Yevroittifoq va AQSh portga yo‘llangan zarbani qoraladi.
  • Avvaliga Rossiya rasmiylari va hokimiyat organlari hodisaga sharh berishmadi, ammo keyin Davlat dumasi deputati va teleboshlovchi Yevgeniy Popov hamda TIV spikeri Mariya Zaxarova portga aynan RF qo‘shinlari tomonidan zarba yo‘llanganini tasdiqlashdi, ammo zarbalar harbiy infratuzilmaga yo‘llangani aytildi.
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban G‘arb Rossiya bilan tinchlik muzokaralari kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaga qarshi sanksiyalar ish bermagan, Kiyev esa urushda g‘olib bo‘la olmaydi.
  • Ukrainaning ishg‘oldagi Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum o‘tkazish bo‘yicha saylov komissiyalari tuzilmoqda.
  • Ukrainalik jurnalist Denis Kazanskiy VGTRK harbiy korrespondenti Aleksandr Sladkov Luhansk oblastida bir kishini urib ketganini aytdi, avariya guvohlari aloqaga chiqmay qo‘ygan. Sladkov barchasini rad etmoqda.
  • IMAX korporatsiyasi Rossiyadan ketmoqda. Mamlakatda uning 50 dan ortiq kinozallari qoladi.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv

Beketov nomidagi Xarkiv shahar xo‘jaligi milliy universitetining tashqi ko‘rinishi, bino rossiyaliklar shaharni navbatdagi marta o‘qqa tutishi chog‘ida shikastlangan. Foto: Abdullah Unver / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkivlik ayollar hujumga uchragan binodan mushukni olib chiqmoqda. 23 iyul kuni Xarkiv Rossiya tomonidan yana bir bor o‘qqa tutildi.
Abdullah Unver / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Xarkivda rossiyaparast tashviqot bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxsni qo‘lga olish uchun kelgan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Gumonlanuvchining qo‘lga olinishi. Aprel oyi oxiridayoq UXX kollaboratsionizm va shu kabi boshqa jinoyatlarda gumonlangan 400 nafarga yaqin kishi qo‘lga olingani haqida xabar qilgandi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkivdan janubdagi ukrain askari. Shahar rasmiylari Rossiya okkupatsiya rejasidan voz kechmaganini aytib kelmoqda.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Xarkiv yaqinidagi front chizig‘ida tank zambaragi stvolini tozalashmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Simferopol

Simferopolliklar Rosgvardiyaning Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan «Berkut» maxsus bo‘linmasi (Qrim) jangchilarini qutlamoqda
Sergey Malgavko / TASS
«Berkut» maxsus bo‘linmasi jangchilarini kutib olishga chiqqan Davidenko nomidagi Don maktabi kadetlari. Foto: Sergey Malgavko / TASS
Ukrainadagi urushdan qaytgan «Berkut» jangchilari. Foto: Sergey Malgavko / TASS

Odessa 

Odessa portiga rossiyaliklar raketasi kelib tushishi oqibatlariga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchi. Ukraina Rossiyani ukrain g‘allasini Qora dengiz portlari orqali olib chiqish bo‘yicha kelishuvdan 24 soat o‘tmay turib Odessa portini o‘qqa tutishda aybladi.
Joint Forces of the South Defence / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Baxmut ustida ko‘kka o‘rlagan qora tutun ustuni. Baxmut va Seversk orqali ukrain qo‘shinlarining ikkinchi mudofaa chizig‘i o‘tgan, iyun oyi oxirida ukrain harbiylari Severodonetsk va Lisichanskdan chekingach, shu chiziq bo‘ylab mudofaalanmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassdagi oldingi chiziqda ketayotgan Ukraina qurolli kuchlari harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain armiyasi harbiysi Donbassdagi oldingi chiziqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainaning Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Avliyo Pokrovskoye qishlog‘i qabristoni, bu qishloq Donbassdagi front chizig‘ida qolgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiysi raketa zarbasidan vayron bo‘lgan maktab hududidan chiqib kelmoqda. Seversk shahri — rossiyalik harbiylar yo‘lidagi navbatdagi shahar, u Lisichanskdan 10 kilometr g‘arbda joylashgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

84 yoshli Vera Kopil Bucha yaqinidagi Makarov posyolkasida o‘z qizi bilan. Uy rossiyaliklar tomonidan berilgan zarbalar vaqtida jiddiy shikastlangan. Posyolka okkupatsiya qilingan vaqtda, oila yerto‘lada yashirinib jon saqlagan.
Volodymyr Tarasov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

 

Velikaya Dimerka posyolkasidagi tomorqada qolgan rus tanki minorasi. Posyolka mart oyi oxirida ikki hafta mobaynida ishg‘ol ostida bo‘lgan. Urush vaqtida bu yerda 200 dan ortiq uy vayron qilingan. Foto: Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid