Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Aqlli qurilma Shvetsiyada tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni kamaytirmoqda
Edeva kompaniyasi ishlab chiqqan Actibump tizimi ruxsat etilganidan ortiq tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarga to‘satdan “zarba” beradi. Qurilma Shvetsiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Sinovlar qoidabuzarliklar 8 foizga kamayganini ko‘rsatgan.
Avtomobil tezligini pasaytiradigan an’anaviy qurilmalar ko‘plab kamchiliklarga ega. Bunday to‘siqlardan o‘tish uchun tezlikni 20 kilometrgacha kamaytirish talab etiladi.
Shvetsiyaning Edeva kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan aqlli qurilma an’anaviylaridan ancha samarali. Actibump tizimi yo‘l belgisi, radar, boshqaruv moduli va plastinkali blokdan iborat.
Avtomobil yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa, metall plastinka 6 santimetrga tushadi va mashina shassiga “yoqimsiz” zarba beradi. Belgilangan tezlikka rioya qilinganda qurilma ishga tushmaydi.
Tezlikni ilova orqali boshqarish, shuningdek, tez tibbiy yordam yoki politsiya mashinasi yuqori tezlikda o‘tayotganda masofadan boshqarish pulti orqali tizimni o‘chirib qo‘yish mumkin.
Qurilma Shvetsiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Sinovlar qoidabuzarliklar 8 foizga kamayganini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025