Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi to‘yda pichoqlangan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etdi
Nishon tumanida o‘tkazilgan to‘yda Surxondaryo viloyatidan kelgan shaxs va kuyovjo‘ra tort kesish uchun talashib qolgan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyul kuni Nishon tumanidagi “Kaptarli” MFYda yashovchi jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi shaxs yarim tunda tort kesish tadbirida shu mahallada yashovchi, kuyovning jo‘rasi bilan janjallashib qolgan.
Oqibatda, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan mehmon oshxonadan pichoq olib chiqib, kuyovjo‘raning chap ko‘krak qismiga sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, og‘ir tan jarohatlari olgan kuyovjo‘ra shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
19:37 / 23.04.2025